
MYu Pogba bo‘yicha yakuniy qarorini e’lon qildi
“Manchester Yunayted” jamoaning frantsiyalik legioneri Pol Pogba bo‘yicha bir qarorga keldi.
Klub rahbariyati uzoq davom etgan tahlillardan so‘ng, Pol Pogbani jamoa o‘yinini kuchaytirishga ishonch bildirdi va u bilan amaldagi shartnomani uzaytirishga qaror qildi. Yaqingacha, frantsiyalik yulduz jamoa rahbariyatidan norozi edi va boshqa klubga ketishni rejalashtirib yurgandi.
Biroq, Sulsher uning ko‘ngliga yo‘l topa oldi va Pogba jamoa yutuqlariga munosib hissa qo‘sha boshladi.
Ma’lumotlarga qaraganda, 27 yoshli futbolchi bilan 2024 yilning yozigacha mo‘ljallangan yangi shartnoma tuziladi. Unga ko‘ra, Pogbaning maoshi haftasiga 150 mingdan 225 ming funtgacha ko‘tariladi. Polning o‘ziga ham Manchesterda qolish istagini bildirgan.
Fikrlar