MYu Pogbani qo‘yib yubormoqchi emas
"Manchester Yunayted" klubi rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Pol Pogbani qo‘yib yubormoqchi emas. Bu haqda ESPN xabar tarqatmoqda.
Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq 26 yoshli frantsiyalik futbolchiga "Real" va "Yuventus"dan jiddiy qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo, MYu Pogbaga yangi shartnoma taklif qilmoqchi.
Ma’lumot uchun, Pogba joriy mavsum “Manchester Yunayted” safida jami 37ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 14ta gol hamda 11ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar