"MYu" Pogbani yoniga super yarim himoyachi oladi
"Monako" va Frantsiya yoshlar terma jamoasi etakchisi Temue Bakayoko qishki transeferlar vaqtida "Manchester Yunayted" tarkibiga qo‘shilishi mumkin.
Joze Mourino anchadan buyon maydon markazida Pol Pogbaga yordam beradigan jismonan baquvvat yarim himoyachi qidirayotgan edi. Manchesterliklar yosh futbolchi uchun 40 million funt sarflashga tayyor ekanini bildirishgan va klub skautlari Bakayoko haqida ma’lumot to‘plamoqda.
Shu o‘rinda "Chelsi" ham ushbu futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakat qiladi. Qishda "Chelsi"ning braziliyalik vakili Oskar 60 million funt evaziga Xitoy klubiga o‘tadi. Londonliklar bu transferdan kelgan mablag‘ni Bakayokoni olib kelishga sarflamoqchi. Jamoa murabbiylari frantsiyalik yarim himoyachi Oskarning o‘rnida to‘pa suradi.

Fikrlar