MYu Pogbaning tekinga ketib qolishidan cho‘chimoqda

  • 9 iyun, 2021, 12:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Pol Pogbaning erkin agent sifatida tekinga ketib qolishidan cho‘chimoqda.

Tecno

“Qizil iblislar” yuqoridagi holatni inobatga olgan holda 28 yoshli frantsiyalik futbolchiga yangi shartnoma taklif qilmoqchi. Bu haqda ESPN nashri xabar bermoqda.

Qayd etish lozimki, Pogbaning MYu bilan amaldagi shartnomasi yana bir yildan so‘ng o‘z nihoyasiga etadi. Bundan avvalroq futbolchining agenti Mino Rayola mijozi mankunianliklar bilan shartnomani uzaytirmasligini ma’lum qilgan edi.

Agar Pogba shartnomani uzaytirmasa va MYuni erkin agent sifatida tark etadigan bo‘lsa, unga PSJ, "Barselona" va "Real" klublari taklif bilan chiqishlari mumkin.

Pogba o‘tgan mavsum "Manchester Yunayted"da jami 42 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6 ta gol hamda 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!