MYu qishda Eriksenni sotib olmaydi

  • 9 yanvar, 2020, 18:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi "Tottenxem" xavbeki Kristian Eriksenni joriy qishki transferlar davrida sotib olmoqchi emas. Bu haqda Sky Sports nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra MYu Eriksen uchun 23,5 million evro to‘lashga tayyor. Biroq, hozircha ular bu borada “shporlar”ga aniq taklif yuborishmagan.

Eslatib o‘tamiz, 27 yoshli daniyalik futbolchining “Tottenxem” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirigacha imzolangan. Unga shuningdek “Inter” ham jiddiy qiziqmoqda.

Ma’lumot uchun, Eriksen bu mavsum APLda 17 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!