MYu "Real"ning rejasini barbod qilishi mumkin

  • 23 iyul, 2021, 19:21
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Renn” yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga faoliyatini qaysi klubda davom ettirishi noma’lumligicha qolmoqda.

Tecno

“Manchester Evening News” nashri xabariga ko‘ra, frantsiyalik futbolchi “tumanli albion”ga ko‘chib o‘tishi mumkin. Uning xizmatiga “Manchester Yunayted” jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Biroq 18 yoshli xavbekning o‘zi “Real” libosini kiymoqchiligi xabar qilinmoqda. U faoliyatini La Liga klubida davom ettirish niyatida. Shu sababli, MYu bilan muzokaralar ijobiy tus olmayapti.

Kamavinga va “Renn” o‘rtasidagi shartnoma 2022 yilning yozida o‘z yakuniga etadi. Shuning uchun klub uni tezroq sotib yubormoqchi. Aks holda, Eduardo boshqa jamoaga erkin agent sifatida yo‘l olishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!