
MYu Ronalduning o‘rniga ganalik hujumchini olib kelmoqchi
Krishtianu Ronaldu bilan shartnomani bekor qilgan "Manchester Yunayted" yangi hujumchi izlamoqda.
"Metro" nashrining ma’lum qilishicha, manchesterliklar bor e’tiborini "Ayaks" vakili Muhammad Qudus transferiga qaratgan. Ganalik futbolchi Qatar yashil maydonlari mezbonlik qilgan Jahon chempionatida o‘zini yaxshi tomondan namoyish eta oldi va ikkita golga mualliflik qildi.
22 yoshli Qudus transferiga shaxsan "qizil iblislar" bosh murabbiyi Erik ten Hagning o‘zi qiziqmoqda. Mutaxassis uning o‘yinlaridan mamnun.
"Transfermarkt" portali Muhammadning narxini 15 million evroga baholamoqda. Hujumchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 10 ta to‘p kiritib, 2 bor sheriklari gollariga hammualliflik qildi.
Fikrlar