
MYu safarda qiyin g‘alabaga erishdi, "Chelsi" medallardan quruq qoldi, "Liverpul" kelgusi mavsum EChLda o‘ynaydi (natijalar)
Angliya Premer-ligasi 38-turidan o‘rin olgan barcha uchrashuvlar o‘z yakuniga etdi. Quyida grand jamoalar ishtirokidagi o‘yin natijalari bilan tanishtirib o‘tamiz.
O‘z uyida "Brayton"ni 2:0 hisobida enggan "Arsenal" 8-o‘rinni band etdi va kelgusi mavsumda nufuzli evrokuboklardan chetda qoladigan bo‘ldi. "Manchester Yunayted" "Vulverxempton" maydonida 2:1 hisobi bilan zafar quchdi.
Bir kishi kam bo‘lib qolgan "Chelsi" "Aston Villa" maydonida 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi va 4-o‘ringa joylashdi. So‘nggi turda "Kristal Pelas" ustidan ishonchli tarzda g‘alaba qozongan "Liverpul" esa, 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Fikrlar