MYu sobiq futbolchisi: Onana umuman darvozabon emas, tamom-vassalom!"

  • 28.08.2025 19:34
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya terma jamoasi va "Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Pol Parker "qizil iblislar"ni Andre Onanaga o‘rinbosar topishga chaqirdi.

"Manchester Yunayted" Angliya Liga Kubogining 2-turida "Grimsbi Taun"ga imkoniyatni boy berib (2:2, pen. 11:12). Asosiy vaqtda mankunianliklar darvozaboni avvaliga yaqin burchakka berilgan zarbani o‘tkazib yubordi, keyin esa to‘pni egallab olishda xatoga yo‘l qo‘ydi.

"Maydonda "Manchester Yunayted"ning haftalik maoshi "Grimsbi"ning butun tarkibi maoshiga teng bo‘lgan kamida bitta futbolchisi bor edi. Ularning butun jamoasi haftasiga 200 ming funt maosh oladi deb o‘ylamayman. Bizda esa haftasiga ikki yuz mingdan ortiq maosh oladigan o‘yinchilar bor. Bu ko‘p narsani anglatadi. Shu ma’noda hammasi yomon.

Bu mavzu xaosga aylandi! Ko‘chaga chiqsam, birinchi navbatda "darvozaboningizga nima bo‘ldi?" deb so‘rashadi. Muammo u darvozabon emasligida. U darvozabon emas, vassalom! "Manchester Yunayted"ga darvozabon kerakligi aniq. U dunyodagi eng zo‘r to‘pni uzatuvchi ekanligi meni qiziqtirmaydi. U uzatmalarni bera oladimi yoki yo‘qmi, bu meni qiziqtirmaydi, shunchaki u zarbalarni yaxshi qaytarishini bilmoqchiman.

Bilmadim, Tom Xiton u erda siqilib o‘tiribdimi yoki haqiqatan ham o‘z ishini bajarish uchun o‘tiribdimi? Xitonning o‘rnida bo‘lsam, "Men bu ikkovidan (Onana va Bayindir) yaxshiroqman!" derdim. Chunki u maydonga tushsa, hammasini ko‘rsatma bo‘yicha bajargan bo‘lardi. Va siz unga qarab: "Xudoyim, axir u darvozabon-ku!" deb o‘ylashingiz mumkin edi", - dedi "Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!