MYu sobiq yulduzini ortga qaytarmoqchi
"Manchester Yunayted" ayni vaqtda "Marsel"da to‘p tepayotgan sobiq futbolchisi Meyson Grinvudni jamoaga qaytarishi mumkin.
"Qizil iblislar" Grinvudning o‘yinlarini sinchiklik bilan kuzatib bormoqda va uni yozgi transferlar bozorida jamoaga olib kelish variantini ko‘rib chiqmoqda.
Grinvud "mankunianliklar" safida o‘ynayotgan vaqti 2022 yilda zo‘ravonlikga oid rasmlar va videolar sabab jamoadan chetlatilgan edi. Unga nisbatan zo‘rlash va tajovuzkorlikka urinish kabi ayblovlar qo‘yilgan. Keyinchalik prokuratura tomonidan ish to‘xtatilgan edi. Meyson MYu’ni 2024 yilda tark etdi va Frantsiyaning "Marsel" jamoasiga 31 million evro evaziga ko‘chib o‘tdi. Bundan tashqari, "qizil iblislar" 50 foizlik kelajakdagi transferdan olinadigan summa bandini ham saqlab qolgan edi.
Ma’lumot uchun, angliyalik futbolchi joriy mavsumda umumiy 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



Fikrlar