
MYu so‘ragan futbolchining narxi birdan oshib ketdi
“Aston Villa” rahbariyati “Manchester Yunayted”ga Jek Grilishning narxini e’lon qildi.
Ule-Gunner Sulsher bu futbolchini anchadan buyon qo‘lga kiritmoqchi bo‘lmoqda. U “Aston Villa” sardori maydon markazini kuchaytirishiga ishonmoqda.
Grilish “Aston Villa”ga 6 yoshida kelgan. Shundan buyon klub bilan taqdirini bog‘lagan futbolchining amaldagi shartnomasi 2023 yilgacha tuzilgan.
“Aston Villa” sodiq futbolchisi uchun manchesterliklar 80 million funt talab qilmoqda. MYu vitse-prezidenti Ed Vudvord esa pandemiya tufayli katta xarajat qilmasligini ta’kidlamoqda.
Fikrlar