MYu va "Chelsi" yosh futbolchini nishonga oldi

  • 6 fevral, 2022, 17:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" va "Chelsi" "Real Sosedad" hujumchisi Aleksander Isakni kuzatmoqda. Shvetsiyalik futbolchi uchun ispan klubi katta pul so‘ramoqda.

"The Mirror" nashrining xabariga ko‘ra, MYu futbolchini Krishtianu Ronalduga o‘rinbosar, deb hisoblamoqda. Qayd etilishicha, jamoa uni yozda sotib olishga harakat qilib ko‘radi. 

22 yoshli shvedga yuqoridagi ikki jamoadan tashqari "Arsenal", "Barselona", "Liverpul" va boshqa top klublar qiziqish bildirmoqda.

Aleksander Isak joriy mavsum La Ligadagi 18 uchrashuvda 4 gol va 1 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!