MYu Valensiya hamda Erreraning ketganini rasman e’lon qildi

  • 7 iyun, 2019, 22:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi o‘zining rasmiy saytida himoyachi Antonio Valensiya hamda yarim himoyachi Ander Errera bilan xayrlashgani haqida e’lon qildi.

Tecno

Ta’kidlash kerakki, har ikkala futbolchi ham amaldagi shartnomasi yakunlangani bois klubni erkin agent sifatida tark etishdi.

Ma’lumot uchun, Valensiya MYu safida 2009 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida jam 339ta o‘yinda ishtirok etdi va 25ta gol hamda 65ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Errera esa “qizil iblislar” safida 2014 yildan buyon o‘ynab kelayotgandi. U o‘tgan davr mobaynida 189ta o‘yinda maydonga tushdi va 20ta gol hamda 27ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!