MYu yangi futbolchini “Real”ning eski o‘yinchisiga almashtiradi
“Manchester Yunayted” va “Real” o‘zaro o‘yinchi almashtirish bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda. Anchadan beri “Real” himoyachisi Rafael Varanga xaridor bo‘layotgan manchesterliklar “Qirollik klubi”ga frantsiyalik futbolchi o‘rniga Pol Pogbani yuborishni taklif qilgandi.
Biroq, madridliklar bu borada boshqa taklif beryapti. Ispanlar Pogba o‘rniga niderlandiyalik pleymeyker Donni van de Bekni so‘ramoqda. Bu futbolchi bir yil muqaddam “Ayaks”dan olib kelingan edi. Lekin iste’dodli yarim himoyachining o‘yini Sulsherga ma’qul kelmadi va Donni asosiy futbolchilar qatoriga qo‘shila olmadi.
“Real” 24 yoshli o‘yinchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan bir mavsum ijarada o‘ynatmoqchi.
O‘tgan mavsumda Rafael Varan “Real” tarkibida 41 ta o‘yinda bir juft gol urdi. Donni van de Bek esa 36 marta maydonga tushib, bitta gol va ikki golli pas muallifi bo‘ldi.

Fikrlar