MYu zo‘r hujumchini kutyapti

  • 3 dekabr, 2020, 08:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Yunayted” rahbariyati hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida to‘purar forvard qidirayotgan edi.

Sulsher o‘z shogirdlari orasida “Inter” hujumchisi Lautaro Martinesni ko‘rishni istayapti. Klub bosh murabbiy talabiga ko‘ra, argentinalik to‘purar rad eta olmaydigan shartnoma tayyorlamoqda.

Lautaroning o‘zi “Inter”dan ketishga bel bog‘lagan. U o‘ta katta maosh talab qilish orqali milanliklarning yangi shartnomasini rad etmoqda.

Martinesga ayni paytda “Barselona”, “Manchester Siti” va PSJdan takliflar bor. “Manchester Yunayted” hujumchi uchun bu klublar bilan raqobatlashishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!