
MYuda so‘ngan yulduz “Barsa”ga o‘tyapti
“Manchester Yunayted”da o‘zini ko‘rsata olmay qolgan Antoni Marsyal tezroq boshqa klubga o‘tmoqchi. Avvalroq, “Sevilya”ga o‘tishga rozilik bergan frantsiyalik hujumchi “Barselona”dan qiziqish bo‘lganidan keyin Kataloniyaga ko‘chib o‘tish istagini bildirmoqda.
Sport.es saytining ma’lum qilishicha, mahoratli hujumchiga ehtiyoj sezayotgan “Barselona” Marsyalni yarim mavsumga ijaraga olib, yozda uni 40 million evroga to‘liq transfer qilishni rejalashtiryapti.
Manchesterliklar bosh murabbiyi Ralf Rangnik ham 26 yoshli hujumchining ketishini tasdiqladi.
Marsyal katta umidlar bilan 2015 yili “Monako”dan olib kelingan. Bu futbolchi uchun inglizlar o‘sha davrda katta mablag‘ – 60 million evroga xarid qilingan edi. Joriy mavsumda barcha turnirlarda o‘n marta maydonga tushgan hujumchi atigi bitta gol bilan kifoyalandi.
Fikrlar