MYuga borsang, birinchi Ronaldu va Pogbani haydagin!
Niderlandiya terma jamoasining sobiq o‘yinchisi Rene van der Geyp “Manchester Yunayted”ni shug‘ullantirishni istayotgan hamyurti Erik ten Xagga o‘z maslahatlarini berdi.
- Bu men uchun kutilmagan vaziyat bo‘ladi. Bunday klublar odatda, yulduz darajasidagi murabbiyni ishlatadi. Ten Xag Zidandan farqli ravishda bu toifaga kirmaydi. Agar u Manchesterga borsa, Ronaldu, Pogba va Maguayrdan qutilishi kerak. Ronaldu faqat Zidan bilan chiqisha oladi, chunki ular bir xil darajada, - dedi Rene van der Geyp.
Erik ten Xag “Ayaks”da jamoaviy o‘yinni kuchaytirib yuborgani bilan manchesterliklar e’tiborini jalb qildi. Yaqinda klub niderlandiyalik murabbiy bilan suhbat o‘tkazgan edi. Biroq, hali hamkorlik bo‘yicha rasmiy taklif kelmadi.

Fikrlar