Myuller "Barselona"ga qarshi o‘yindan oldin nimalar dedi?
"Bavariya" hujumchisi Tomas Myuller ertaga "Barselona"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan muhim bahsdan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“O‘yin borishini nazorat qilishni, kuchli tomonlarimizdan foydalanishni xohlaymiz. Menda yaxshi g‘oyalar bor, lekin bu oson bo‘lmaydi. "Barselona" yaxshi futbolchilar va boy tajribaga ega. Ular ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan.
Messi? Unga nisbatan bir kishi bo‘lib himoyalanib bo‘lmaydi. Agar birinchi o‘yinchi to‘pni undan tortib olmasa, keyingi futbolchida bunga qilish imkoniyati bo‘lishi kerak”, - deydi germaniyalik futbolchi.
“Barselon” – “Bavariya” uchrashuvi 14 avgust Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.
Fikrlar