MYuni sotib olishga Konor MakGregorning qurbi etadimi?

  • 23 aprel, 2021, 16:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Muxlislar bilan munosabati yomonlashgan Gleyzerlar oilasi “Manchester Yunayted”ni sotib yuborishi kutilmoqda. Bu xabarlar chiqa boshlagach,  UFC yulduzi Konor MakGregor “Manchester Yunayted”ni sotib olish haqida o‘ylayotganini ma’lum qildi.

Uning bu bayonoti qizg‘in munozaralarga sabab bo‘lmoqda.

Daily Express nashri irlandiyalik jangchining Angliyaning eng mashhur klublaridan birini xarid qilish imkoniyatini o‘rganib chiqdi.

- Konor MakGregor bir kun kelib, “Yunayted”ning direktorlar kengashida o‘z joyi bo‘lishini orzu qilayotgan bo‘lsa-da, buning hech qanday imkoniyati yo‘q. 32 yoshli sportchining boyligi 181 million funtga baholanmoqda. Bu summa “Manchester Yunayted”dek superklubga egalik qilish uchun juda kam hisoblanadi.

Yaqinda Forbes mutaxassislari “Manchester Yunayted”ni 3 milliard dollarga baholagan edi. MYu jahonning eng boy klublari reytingida “Real” va “Barsa”dan keyin uchinchi o‘rinda qayd etilgan. Konor 20 marta lotereyadan yutib, etarli mablag‘ jamg‘arganida ham Gleyzerlar klubni unga sotishi amrimahol, - deb yozmoqda Daily Express nashri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!