MYuning eng katta muammosi aniq bo‘ldi

  • 3 mart, 2021, 20:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Liverpul”da porlagan Jeymi Karrager “Manchester Yunayted”ning sovrinlarga da’vogarlik qilishidagi asosiy to‘siqni aytib berdi.

- “Manchester Yunayted”da hujumlarni sifatli yakunlashda katta muammo bor. Sulsher shogirdlari premer-ligada gol urish bo‘yicha etakchilar qatorida, lekin muhim uchrashuvlar taqdirini hal qila oladigan futbolchini ko‘rmayapman. Sulsherga zo‘r markaziy hujumchi kerak, - dedi Karrager.

Manchesterliklarning asosiy to‘purari Brunu Fernandesh hisoblanadi. Biroq, portugaliyalik futbolchi yarim himoya vakili hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!