MYuning hech bir murabbiyi Erik ten Xagchalik sharmanda bo‘lmagan

  • 1 yanvar, 2024, 10:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” 2023 yilning so‘nggi uchrashuvida “Nottingem” maydonidan mag‘lubiyat bilan qaytdi.

Tecno

Mezbonlar manchesterliklarni 2:1 hisobida engdi. Bu “Manchester Yunayted”ning chempionatdagi yigirmata uchrashuvda 9-mag‘lubiyati bo‘ldi.

Statistika ekspertlarining ta’kidlashicha, bosh murabbiy Erik ten Xag antirekord qayd etdi.

Hali “Manchester Yunayted” tarixida hech bir bosh murabbiy Angliya Premer-ligasida dastlabki yigirmata uchrashuvda bu qadar ko‘p mag‘lubiyatga uchramagan.

Niderlandiyalik mutaxassis jamoaning qoniqarsiz o‘yini va salbiy natijalarini tarkibda jarohatlarga ko‘pligi va ichki muammolar borligi bilan izohlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!