MYuning yangi libosi muxlislar g‘azabini keltirdi

  • 8 sentabr, 2020, 15:29
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
Yaqinda "Manchester Yunayted" klubi o‘zining yangi mavsum uchun 3-libosini namoyish qilgan edi. Forma oq va qora ranglardan iborat bo‘lib, aksariyat ishqibozlarga xush kelmadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda muxlislar bunga salbiy munosabatlar bildirishni boshladi:
"Qanday dahshatli libos, endi Bekxem uni qanday sotadi?", deya kinoyali izoh qoldirdi muxlislardan biri Bekxem bu formani o‘z do‘konlarida reklama qilganligiga ishora qilib.
"Tomosha qilamiz, zebralar nimaga qodir ekan", dedi boshqa bir muxlis.
"MYu tarixidagi eng rasvo forma", deb yana bir futbol ishqibozi o‘z noroziligini bildirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!