Nagaev yangi jamoasiga naf keltirishni boshlab yubordi

  • 12 fevral, 2018, 23:59
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hamyurtimiz Ivan Nagaev faoliyat olib borayotgan Qozog‘istonning “Ordabasi” klubi yangi mavsum uchun tayyorgarlikni Turkiyada olib bormoqda.

Tecno

Kecha ular mazkur yig‘in doirasida o‘zlarining navbatdagi nazorat uchrashuvlarini o‘tkazishdi. Bu safar “Ordabasi”ga Ukrainaning “Oleksandriya” klubi raqiblik qildi.

Mazkur o‘yinda 1:1 hisobi qayd etildi. E’tiborlisi, “Ordabasi” kiritgan yagona golga Ivan Nagaev mualliflik qildi.

Ilgariroq, Nagaevning “Ordabasi” bilan bir yillik shartnoma imzolagani borasida xabar bergan edik.

Nazorat o‘yini

“Ordabasi” (Qozog‘iston) – “Oleksandriya” (Ukraina) 1:1.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!