Nagelsman: "Bavariyani tabriklayman!"
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann "Bavariya"ning joriy Bundesliga mavsumidagi chempionligiga munosabat bildirdi.
"Men "Bavariya"ni tabriklamoqchiman. Kompani ishonch bilan chempion bo‘lgan jamoani shakllantirdi. Jamoa ajoyib futbol o‘ynamoqda. Men Germaniya terma jamoasi o‘yinchilari uchun xursandman. Ularning g‘alaba ruhi ularga yaqinlashib kelayotgan Jahon chempionatida yordam beradi", - deya mutaxassisning so‘zlarini keltiradi "Bayern & Germany".
So‘nggi o‘yinda "Bavariya" o‘z uyida "Shtutgart"ni 4:2 hisobida mag‘lub etdi. Bundesliganing 30-turidan so‘ng, myunxenliklar ikkinchi o‘rindagi "Borussiya D"dan 15 ochko oldinda.
Fikrlar