
Nagelsmann o‘ziga yangi jamoa tanladi
“Bavariya”dan iste’foga chiqarilgan Yulian Nagelsmann o‘ziga yangi ish qidirayotgan edi. Aslida 35 yoshli murabbiy “Chelsi”ni qabul qilib olishi kutilgandi.
Biroq, londonliklar uning yoshini inobatga olib, jamoaga taklif qilish fikridan qaytdi.
Yangi ma’lumotlarga qaraganda, Nagelsmann PSJ bilan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha muzokara olib bormoqda. Bu haqda parijliklar insayderi Adrien Grene xabar berdi.
Yulian Nagelsmann “Bavariya”ni boshqargan paytda PSJni Chempionlar ligasidan chiqarib yuborgan edi. Bu holat parijliklarning hozirgi bosh murabbiyi Kristoff Galte kursisini qimirlatib qo‘ydi.
Fikrlar