Nagelsmann "Tottenxem" bosh murabbiyi bo‘lishga tayyor

  • 25 mart, 2023, 15:37
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya"ning sobiq bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann "Tottenxem"ni boshqarishga yaqin turibdi.Bu haqda  "Sky Sports" nashri xabar berdi.

Tecno

Manbaning xabariga ko‘ra, 35 yoshli mutaxassis London klubi bilan muzokaralarga ochiq.

Germaniyalik mutaxassis 24 mart kuni "Bavariya" bosh murabbiyligidan ozod etilgandi. Tomas Tuxel Myunxen jamoasining yangi ustoziga aylandi.

"Tottenxem"ni hozirda Antonio Konte boshqarmoqda. Oldinroq italiyalik mutaxassis yaqin orada ingliz klubini tark etishi haqida xabar berilgandi.

APLning 28-turidan so‘ng "shporlar" 49 ochko bilan turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!