Nahotki! Messi AQSh klubiga o‘tadi (mi?)

  • 17 may, 2022, 12:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJning argentinalik super yulduzi Lionel Messi faoliyatini okean ortida davom ettirishi mumkin. Bu haqda  "DIRECTV Sports" nashri xabar berdi. 

Tecno

Manbaga ko‘ra, futbolchiga Devid Bekxemning "Inter Mayami" jamoasi qiziqish bildirmoqda. Angliyalik sobiq futbolchi egalik qiladigan klub Messini shartnomasi yakuniga etgach, erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilgan. 

Xabarda aytilishicha, Leo ham AQShda to‘p tepishga qarshi emas. U Parijdan so‘ng Mayamiga ko‘chib o‘tishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Lionel joriy mavsum barcha musobaqalar doirasidagi 33 o‘yinda 11 gol va 13 assistni o‘z nomiga rasmiylashtirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!