
Nainggolan: Belgiya terma jamoasida 6, 7 ta futbolchi chekkan edi, ammo faqat meni payqashdi
"Kalyari" klubi yarim himoyachisi Raja Nainggolan chekish borasida va Belgiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashi haqida gapirib berdi.
"Qachonki bir dona tamg‘a bo‘ynizga tushganida, u uzoq vaqt eslab yuriladi. Chekuvchi futbolchilar juda ko‘p. Men terma jamoa ixtiyorida ekanligimda, ba’zida 6, 7 ta futbolchilar bilan birga chekardik, ammo faqatgina meni payqashdi.
Terma jamoaga qaytishim mumkinmi? Men bu borada o‘z qarorimni chiqarib bo‘lganman va bu haqida juda ko‘p o‘yladim. Terma jamoaga yangi bosh murabbiy kelish yoki kelmasligi hech narsani anglatmaydi.
Jahon chempionati oldidan Martines menga "Roma"dagi pozitsiyam va vazifamni yaratib berolmasligini aytgan edi. O‘shanda, men Chempionlar Ligasining yarim finalida o‘ynagandim. Shu bilan, men uchun barchasi yakunlangandi," - dedi Nainggolan.
Fikrlar