
Namangan viloyati hokimi murabbiy almashtirishda xatoga yo‘l qo‘yilganini aytib, Kanchelskisni ommaga tanishtirdi
Bugun Namangandagi “Markaziy” o‘yingohda “Navbahor”ning yangi murabbiyini tanishtirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Xayrullo Bozarov, Namangan shahar hokimi, “Navbahor” PFK prezidenti Shavkat Abdurazzoqov, shuningdek, “Navbahor” fan-klubi a’zolari, muxlislar ishtirok etishdi.
Xayrullo Bozarov so‘zga chiqib, viloyatda futbolni sevishlari, "Navbahor"ning muxlislari sodiq ekanliklarini ta’kidlab, ularga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Bundan tashqari, viloyat hokimi o‘z so‘zida "Navbahor"ning oldiga joriy mavsumda yuksak maqsadlar qo‘yilganligi, ammo jamoada murabbiyni almashtirishda xatoliklar bo‘lganligi, endi bu xatolarni takrorlamasdan faqat oldinga qarab intilish lozimligini aytib o‘tdi. Andrey Kanchelskisga muxlislar mehri kuchli ekanligi, buni jamoaning ko‘plab muxlislari uni kutib olish uchun aeroportga chiqishgani, uning atrofida ko‘plab muxlislari borligini ta’kidlab, uni barcha ishqibozlar hurmat qilishlarini aytdi.
Bundan tashqari, hokim "Navbahor"ga oid ishlarni tezda hal etish lozimligini ta’kidladi. Serbiyalik mutaxassis Deyan Jurjevichning "Navbahor"da omadi kelmaganligini ham ta’kidlab, Andrey Kanchelskisga "Xush kelibsiz" deya qutladi. Tomonlar 3 yillik shartnoma imzolashlarini aytildi.
Andrey Kanchelskis o‘z so‘zida muxlislarga minnatdorchilik bildirib, bo‘lajak o‘yinlarda ularning ishonchlarini oqlashga harkat qilishini bildirdi.
Shuningdek, klub rahbariyatida ham o‘zgarish yuz berib, Oybek Safarov klub vitse-prezidenti etib tayinlandi.
Fikrlar
Оила аьзоларинг билан доимо тинч булинглар. Хонодонларингда доимо туй булсин.
Рақобат булса лигамиз кучаяди.
Насаф рақобатбардош жамоа булиб шакилланган эди синдиришти,энди Навбахор йулини топиб бораётганда хокимнинг тушунарсиз қарорига хайрон булиб тургандим...
Бизагаям Локо ёки Бунёдкор билан сифатсиз рақобат умуман қизиқ эмас,Нефтчи,Насаф ёки Навбахор тенгга-тенг талашиб турса унда қизиқроқ буларди.
Навбахорга омад(Пахтакор билан уйинлардан ташқари)
Омад Навбахорга.