
Namanganda o‘q otish bo‘yicha musobaqa tashkil etildi
"9 may - Xotira va qadrlash kuni" bayrami munosabati bilan, 3-4 may kunlari Namangan viloyati "Vatanparvar" tashkilotining O‘q otish tirida Yoshlar o‘rtasida pnevmatik quroldan o‘q otish bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Musobaqada jami 176 nafar sportchilar ishtirok etishdi. Ularning 91 nafari o‘g‘il bolalar, 85 nafari qiz bolalardan iborat bo‘lib, 8 yosh va undan kattalarni tashkil qiladi.
Bellashuvlar yakuniy natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni viloyat texnik va amaliy turlari markazi jamoasi, 2-o‘rinni Namangan shahar jamoasi va 3-o‘rinni Chortoq tuman jamoasi band etishdi.
Ushbu musobaqa g‘oliblarini taqdirlash marosimida hamkor davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ham qatnashdi. G‘oliblarga "Vatanparvar" tashkilotining esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlari topshirildi.
Fikrlar