
Namanganda o‘smir sambochilar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati yakunlandi. Chempionlar bilan tanishing!
Namangan shahrida sambo bo‘yicha 2007-2008 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati o‘z yakuniga etdi.
Mazkur turnirda sportchilar 10 ta vazn toifasida bahs olib bordilar. Yakunda, Jahongir Qoraboev hamda Bahrom Rasulov shogirdlari bo‘lgan, andijonlik yosh sambochilar 5 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Quyida barcha g‘oliblar bilan tanishishingiz mumkin!
-35 kg: Roxatillaev Timur (Andijon)
-38 kg: Mamasidiqov Mirodil (Andijon)
-42 kg: Xudoyberganov Ne’mat (Xorazm)
-46 kg: Yusufjonov Muhammad (Andijon)
-50 kg: Isomiddinov Hasan (Toshkent viloyati)
-54 kg: Olimjonov Hayotbek (Andijon)
-59 kg: Karimov Muhammadamin (Andijon)
-65 kg: Kozimov Davlat (Samarqand)
-71 kg: Shermahmatov Mustafo (Qashqadaryo)
+71 kg: Yuldashev Botir (Toshkent viloyati)
O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar