Namangandagi stadionning ochilish marosimiga Yulduz Usmonova, Ozodbek Nazarbekov, Bojalar va boshqalar kelishi kutilmoqda

  • 04.05.2019 16:15
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun Namangandagi "Markaziy" o‘yingohda mavsumdagi ilk rasmiy uchrashuv o‘tkaziladi. Ochilish o‘yiniga qiziqish ancha yuqori.

SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, stadionning ochilish marosimiga estarada yulduzlari Yulduz Usmonova, Ozodbek Nazarbekov, Bojalar, Alisher Fayz, Baxriddin Zuhriddinov, qiziqchilar va boshqalar kelishi kutilmoqda.

Tadbirlar 17:00da boshlanadi. O‘yin esa 19:00da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!