Naoya Inoue Murodjon Ahmadaliev bilan emas Stiven Fulton bilan jang o‘tkazadi

  • 19 yanvar, 2023, 15:47
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO
Professional boksning birinchi yarim engil vazn toifasida (55,3 kg) WBO va WBC chempioni, amerikalik Stiven Fulton va 3 vaznda jahon chempioni, yaponiyalik Naoya Inoue bahor oyida Yaponiyada jang o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishdi, deya xabar bermoqda ESPN muxbiri Mayk Koppinjer. 
 
Oldinroq Fulton Brendon Figeroaga qarshi ringga ko‘tarilishi aytilgan edi. Hozircha janglar rasmiy e’lon qilinmadi. 
 
Qolaversa, ushbu vaznda WBA va IBF chempioni hisoblangan Murodjon Ahmadaliev o‘ziga tegishli bo‘lgan kamarlarni majburiy da’vogar Marlon Tapalesdan himoya qilishi kerakligi bois, uning Fulton yoki Inouega qarshi jang qilish imkoniyati kamroq.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!