
"Napoli" a’zosi A Seriyada fevral oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
"Napoli" vingeri Xvicha Kvaratsxeliya fevral oyida Italiya A Seriyasining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
22 yoshli gruziyalik futbolchi "Napoli" safida o‘tgan oy 4ta o‘yinda maydonga tushib, 3ta gol urdi va bitta assisitni amalga oshirdi.
Sovringa Aleksey Miranchuk ("Torino"), Viktor Osimhen ("Napoli"), Anxel Di Mariya ("Yuventus") va Federiko Bashirotto ("Lechch") da’vogarlik qilishdi.
Eslatib o‘tamiz, neapolliklar Italiya chempionatining 25-turidan so‘ng 65 ochko jamg‘argan holda birinchi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar