"Napoli" darvozaboni La Liga grandi safiga ko‘chib o‘tishi mumkin

  • 16 iyul, 2021, 15:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kolumbiya terma jamoasi va “Napoli” klubi darvozaboni David Ospina Evropaning grand klublaridan biriga o‘tishi mumkin.

Tecno

Goal.com tarqatgan xabarga qaraganda, 32 yoshli posbonga “Barselona” jiddiy qiziqib qolgan. “Ko‘k-anor ranglilar” Ospinani asosiy darvozabon Mark-Andre ter Shtegenga o‘rinbosar sifatiga qarashmoqda.

Futbolchining transfer huquqiga egalik qiluvchi "Napoli" darvozabonni sotish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Neapolliklar Ospinani shartnomasi muddati tugayotgani sababli sotmoqchi. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv 2022 yilning yoziga qadar imzolangan.

Bundan avvalroq Ospinaga “Yuventus” va “Atalanta”dan ham takliflar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ospina o‘tgan mavsum Italiya chempionatida jami 16 ta o‘yinda ishtirok etdi va shularning 6 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!