"Napoli" Gattuzo bilan shartnomani uzaytiradi
"Napoli" tez orada bosh murabbiy Jennaro Gattuzo bilan amaldagi shartnomani uzaytiradi.
Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, tomonlar 2023 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan. Unga ko‘ra, Gattuzo yiliga 2 mln evro maosh va yana qo‘shimcha bonuslar oladi.
Gattuzo “Napoli”da 2019 yilning dekabridan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Uning jamoasi ayni damda A Seriya musobaqa jadvalida kuchli uchlikda bormoqda.

Fikrlar