"Napoli" himoyachi xarid qilmoqchi
"Napoli" chap qanot himoyachi xarid qilmoqchi. Bu haqda gianlucadimarzio.com xabar tarqatdi.
Manbaning yozishicha, neapolliklar "Benfika" himoyachisi Nunu Tavarish nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Transfermarkt portali 20 yoshli portugaliyalik futbolchini 5 million evroga baholamoqda.
Tavarishning "Benfika" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsum himoyachi 16ta o‘yinda maydonga tushib, 3ta golga assistentlik qilgan.

Fikrlar