"Napoli" "Latsio"ning sobiq futbolchisini yana A Seriyaga qaytarmoqchi

  • 09.04.2020 20:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning "Vest Xem" klubi yarim himoyachisi Felipe Anderson yana Italiyaga qaytishi mumkin. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 26 yoshli braziliyalik futbolchiga “Napoli”dan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan. Neapolliklar uni yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida sotib olishmoqchi.

Aytish kerakki, Anderson uchun A Seriya begona emas. U “Vest Xem”ga o‘tgunicha “Latsio” safida 5 mavsum harakat qilgan.

Felipe Anderson joriy mavsum “bolg‘achilar” tarkibida 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi. Uning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!