
"Napoli" Ospinani to‘liq sotib olmoqchi
Mavsumni “Napoli”da ijara asosida o‘tkazayotgan darvozabon David Ospina neapolliklarning to‘laqonli a’zosiga aylanishi mumkin. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra A Seriya grandi 30 yoshli kolumbiyalik posbonni “kanonirlar”dan sotib olish masalasini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. Biroq, “Napoli” bu borada “Arsenal”dan chegirma qilib berishni va Ospinani 2,5 mln evroga qo‘lga kiritishni xohlamoqda. Ta’kidlash kerakki, jamoalar o‘rtasidagi dastlabki kelishuvga ko‘ra neapolliklar ushbu darvozabon uchun 4 mln evro to‘lashlari lozim edi.
Ma’lumot uchun, Ospina o‘tgan mavsum “Napoli” safida 24ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 25ta gol o‘tkazib yubordi. Uning “Arsenal” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar