"Napoli" o‘z maydonida "Atalanta"ni tor-mor keltirdi (video)
Bugun Italiya A Seriyasining 4-turida “Napoli” o‘z maydonida “Atalanta”ni qabul qildi va 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Mezbonlar safida Irving Losano (23', 27'), Matteo Politano (30') va Viktor Osimxen (43') gol urdi. Mehmonlarning javob to‘piga Sam Lammers (69') mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar