
"Napoli" Ruisni "Barselona"ga sotishga tayyor
"Napoli" klubi rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Fabian Ruisni "Barselona"ga sotishga tayyor.
Sports Mole nashri tarqatgan xabarga qaraganda neapolliklar 23 yoshli ispaniyalik futbolchi evaziga "ko‘k-anor ranglilar"dan 80 mln evro talab qilishmoqchi. O‘z navbatida Ruis ham "Barsa"ning 2020 yilgi yozgi transferlar davridagi asosiy transfer nishonlaridan biri hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, "Napoli" Ruisni 2018 yil "Betis"dan 30 mln evro evaziga sotib olgan edi. Uning A Seriya grandi bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan. Unga shuningdek "Real" va "Yuventus"dan ham qiziqishlar mavjud.
Fikrlar