"Napoli" va "Ayaks" Belgiya terma jamoasi himoyachisiga qiziqmoqda

  • 2 yanvar, 2020, 11:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Tottenxem” klubi himoyachisi Yan Vertongen yozda erkin agentga aylanadi. Shu bois u 1 yanvardan boshlab istaga klubi bilan muzokaralar o‘tkazishga haqli.

Tecno

The Telegraph nashrining yozishicha 32 yoshli belgiyalik futbolchiga “Napoli” va “Ayaks” klublaridan jiddiy qiziqishlar bor va ular Vertongenni qishki transferlar davrida sotib olishmoqchi. “Shporlar” esa uni erkin agent sifatida tekinga qo‘yib yuborgandan ko‘ra yanvarda ozroq mablag‘ evaziga bo‘lsa ham sotib yuborishi mumkin.

Aytish kerakki, jamoaning yangi ustozi Joze Mourino Vertongenni tarkibda saqlab qolishni rejalashtirmoqda. Biroq, rahbariyat futbolchiga shartnoma taklif qilishni paysalga solmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!