"Napoli"ning asosiy himoyachisi bu yil boshqa maydonga tusholmaydi

  • 15.12.2019 11:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Napoli” klubi himoyachisi Kalidu Kulibali kecha A Seriyaning 17-turidan o‘rin olgan “Parma”ga (1:2) qarshi o‘yinda jarohat oldi.

Senegallik futbolchi o‘ng oyoq son mushaklari jarohatlangani sabab 5-daqiqadayoq maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. U bugun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Ammo, u 22 dekbr kuni “Sassuolo”ga qarshi bo‘ladigan o‘yinga qadar safga qayta olmaydi. Shu bois Kulibalini 2019 yilda boshqa maydonda ko‘rmaymiz.

Ma’lumot uchun, Kulibali joriy mavsum “Napoli” safida 20 ta o‘yinda ishtirok etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!