"Nasaf" - "Navbahor" uchrashuviga kirish bepul
Xabaringiz bor ertaga O‘zbekiston Liga kubogiga rasman start beriladi. Dastlabki turdan o‘rin olgan uchrashuvlardan biri shubhasiz Qarshida “Nasaf” hamda “Navbahor” jamoalari o‘rtasida kechadi.
“Ajdarlar” matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan ushbu o‘yinga kirish mutlaqo bepul. Uchrashuv oldidan esa maxsus kontsert dasturi ham tashkil etiladi.
Eslatib o‘tamiz, “Nasaf” – “Navbahor” o‘yini ertaga 31 may kuni soat 19:15da boshlanadi.
Fikrlar