"Nasaf" 4 nafar futzalchini o‘z safiga qo‘shib oldi

  • 1 avgust, 11:24
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Nasaf" futzal jamoasi yangi mavsum oldidan tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda. Klub mahalliy futzalchilar bilan bir qatorda xorijlik tajribali futzalchilarni ham safga qo‘shib oldi.

Tecno

"Qirg‘iziston futzal terma jamoasining uch nafar azosi — Erjan Baxtibekov, Ulanbek Chorobek va Ernest Saipidnov, shuningdek, mahalliy futzalchi Odiljon Asamov bilan rasmiy shartnomalar imzolandi.

Ushbu to‘rt nafar futzalchi "Nasaf" bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi va yangi mavsumda jamoamiz sharafini himoya qiladi.

Erjan, Ulanbek, Ernest va Odiljon! Klubimizga xush kelibsiz! Sizlarni "ajdarlar" oilasida ko‘rib turganimizdan mamnunmiz. Yangi mavsumda barcha futzalchilarimizga omad tilaymiz", - deyiladi klub matbuoti xabarida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!