
"Nasaf" futbolchilari: "Mish-mishlarga ishonmang! Hammasi yaxshi, faqat cho‘kyapmiz"
Xabaringiz bor, bugun ijtimoiy tarmoqlarda "Nasaf" klubi tarqalib ketishi haqida xabarlar chiqdi.
SPORTS.uz sayti jurnalisti Jaloliddin Qobiljonovga ma’lum bo‘lishicha, ayni damda "ajdarlar" o‘ta og‘ir ahvolda. Qashqadaryo klubining moliyaviy holati ikkinchi liga jamoalaridan ham yomon, deydi klub futbolchilari.
Ularning qo‘shimcha qilishicha, jamoa etakchilar bilan yangi shartnomalar borasida muzokaralar ham o‘tkazilmayapti. Jamoa menejeri Sergey Kucherenko hatto jamoa mashg‘ulotlariga kelmay qo‘ygan.
Voqealar rivojini SPORTS.uzda kuzatib boring!
Fikrlar