"Nasaf" g‘alabaga loyiq o‘yin ko‘rsatdi

  • 30 oktabr, 2022, 19:59
  • Karim Xudayqulov
  • 0
CHERY AUTO

O‘zbekiston kubogi finalidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Nasaf" o‘yini yakuniga etdi. Asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlandi. Qo‘shimcha taymlarda esa nominal mehmonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. 

Tecno

Qarshi klubi safida gollarga Akmal Mozgovoy va Mateus Lima Kruz mualliflik qildi. Namanganliklarning goli Doniyor Abdumannopov nomiga qayd etildi.

Shu tariqa, "Nasaf" o‘tgan yilgi kubok g‘olibligini o‘zida saqlab qoldi. Bahs davomida qarshiliklar raqibga nisbatan ko‘proq xavfli vaziyatlar yaratdi va haqli ravishda ushbu natijaga erishdi.

Quyida mazkur bellashuv statistikasi bilan tanishib chiqishingiz mumkin: 

photo_2022-10-30_19-41-42_1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!