"Nasaf" legioneridan master-klass!
“Nasaf” klubi matbuot xizmatining tarqatgan xabariga qaraganda, jamoaning serbiyalik legioneri Marko Stanoevich iqtidorli yoshlarga master-klass o‘tkazdi.

Superligada hozir kichik tanaffus yuzaga kelgan. “Nasaf” futbol maktabida ushbu qisqa fursatdan foydalangan holda muxlislarning sevimli futbolchilaridan biriga aylanib ulgurgan serbiyalik o‘yinchi Marko Stanoevich ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi.
Mazkur mahorat darsini o‘tkazishdan asosiy maqsad hozirgi kunda futbol maktabi tarbiyalanuvchilarini ruhlantirishdir. O‘zingizga ma’lum, ayni paytda milliy terma jamoamiz safida harakat qilayotgan Bobir Abdiholiqov, Oybek Bozorov, Akmal Mozgovoy, Aziz G‘aniev, Abduvohid Ne’matov kabilar aynan “Nasaf” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari hisoblanishadi.

Kelgusida bunday mahorat darslari “Nasaf” futbol maktabida tarbiya olyotgan yana boshqa yoshlar bilan ham tashkil etish rejalashtirilgan.

Fikrlar