"Nasaf" nega OFKning litsenziyalash masalasiga befarq qaradi? Endi nima bo‘ladi?

  • 15.12.2020 12:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 2
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, OFK yangi mavsumda O‘zbekiston uchun Osiyo miqyosidagi musobaqalar uchun “1+1+1” ko‘rinishida yo‘llanma bergan. Unga ko‘ra, mamlakat chempioni – “Paxtakor” OChLning guruh bosqichida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etadi. Mamlakat kubogi sohibi esa, OChL guruh bosqichiga chiqish uchun kurashni saralashda boshlaydi. Agar ushbu jamoamiz ham guruh bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritsa, OFK Superligada 2-o‘rinni egallagan jamoaga OFK kubogida ishtirok etish yo‘llanmasini taqdim etadi.

So‘nggi kunlarda Superligada kumush medalni qo‘lga kiritgan “Nasaf” OFK litsenziyalashidan o‘tmagani haqida turli xabarlar tarqaldi. SPORTS.uz axborot portali ushbu masalaga oydinlik kiritishga harakat qildi.

Unga ko‘ra, Osiyo futbol konfederatsiyasi yangi mavsumda qit’a miqyosidagi nufuzli musobaqalarda ishtirok etishi kutilayotgan jamoalarga bundan 5-6 oy muqaddam litsenziya masalasida kerakli hujjatlarni maxsus platformaga joylashtirishni so‘ragan. Ammo “Nasaf” rahbariyati klubdagi moliyaviy qiyinchiliklar mavjudligi sabab, jamoaning yuqori o‘rinlarni egallashiga va qit’a miqyosidagi musobaqalar yo‘llanmasini qo‘lga kiritishiga unchalik ishonmagan. Natijada, litsenziyalash masalasi e’tiborsiz qoldirilgan. Mavsum yakunlangach, “ajdarlar”ning OFK kubogida ishtirok etishi mumkinligi oydinlashdi, shu bilan birga klubdagi moliyaviy muammolar ham bartaraf etildi. Shundan so‘ng, klub rahbariyati Osiyo miqyosidagi turnirlarda ishtirok etish istagini bildira boshladi. Afsuski, bu vaqtga kelib OFKning litsenziyalash muddati allaqachon yakunlanib bo‘lgan edi.

Shunga qaramay, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va O‘zbekiston Professional futbol ligasi rahbariyati “Nasaf” jamoasiga litsenziyadan o‘tish masalasini yana bir imkon berish bo‘yicha OFKga maxsus xat yo‘lladi. O‘z navbatida, Osiyo futbol konfederatsiyasi ushbu murojaatni qanoatlantirdi va “Nasaf”ga litsenziyalashga oid hujjatlarni platformaga kiritish uchun ma’lum vaqt berdi. Ayni damda qarshiliklar zaruriy hujjatlarni OFK platformasiga joylashtirmoqda. OFK “Nasaf”ga litsenziya berish yoki bermasligini keyinroq ma’lum bo‘ladi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, “Nasaf” O‘FA hamda PFLga kelajakda bu kabi mas’uliyatsizliklarga boshqa yo‘l qo‘ymaslikka va’da berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
15/12/2020 13:24
Katta katta zavodla. Qashqadaryo halqi. Oltin gurgut. va boshqa har hil havoni zaharlanishlariga. jidap urganib ham qolgan. shu halqni. hech bulmasa kamandasini uynatishka puli etmaydimi. uzidan gaz chiqib. uyiga tappi yoqadigan. halq. uchun. Halqni hech bulmasa bir nima bilan hursand qilingla. Fudboli bilan.
Дилшод Даврлнов
15/12/2020 12:10
Насаф олга Галаба сари