
"Nasaf" va "Neftchi" keyingi mavsum uy o‘yinlarini qaysi maydonda o‘tkazadi?
2025 yilni "Nasaf" "Markaziy" stadionida, "Neftchi" "Istiqlol"da o‘tkazadi.
Har ikki klub stadionlar bo‘yicha hujjatlarni Liga ro‘yxatidan o‘tkazdi.
Superliga stadionlariga qo‘yilgan talabdan kelib chiqib, 2025 yilgi mavsum yakunida Qarshidagi stadion maysasini almashtirish masalasi Liga hamda Nasaf klubi rahbariyati o‘rtasida muhokama qilinadi. Stadionning drenaj va sug‘orish tizimida muammo mavjud emas.
Istiqlolda esa Farg‘onaning boshqa bir jamoasi "FarDU" ham to‘p tepishi avvalroq ma’lum qilingandi.
O‘zPFL matbuot xizmati
Fikrlar